Çelyabinsk oblasti Magnitogorsk şahrida maişiy gaz portlaşi oqibatida qisman qulagan köp qavatli uyning vayronalari ostida ön bir oylik bola tirik holda topildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Çaqaloqning holati oğir deb baholanmoqda, deya aniqlik kiritişgan tez tibbiy yordam xizmatidan. «U reanimobilda şifoxonaga olib ketildi», - deya aytib ötdi voqea joyiga yaqin yerda joylaştirilgan operativ ştab vakili.
«Bola karavotçada bölgani va issiq örab qöyilgani tufayli omon qolgan», - deya xabar berilgan mintaqa gubernatori Boris Dubrovskiyning rasmiy Telegram-kanalida. U yerdan qöşimça qilinişiça, çaqaloq uçun jonlantiriş bölimi tayyorlanmoqda.
Voqeaga guvoh bölganlardan birining Znak.com’ga aytişiça, qutqaruvçilar vayronalar ostidan inson yiğisini eslatuvçi tovuş eşitişgan. «Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va tibbiyot xodimi darhol u yerga çopib ketdi. Bunga işoniş juda qiyin edi. Gap şundaki, maxsus issiqlik zambaraklari yordamida vayronalarning bu qismiga ötgan vaqt davomida issiqlik yetkazib berib turilgandi», - deya aniqlik kiritdi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Magnitogorskdagi fojia oqibatida qurbon bölganlar orasida Özbekiston fuqarolari yöqligini ma'lum qilgandi.








