AQShdagi shatdaun tarixdagi eng uzog‘i bo‘lishi mumkin
AQShdagi hozirgi shatdaun mamlakat tarixida eng uzoq davom etgan shunday jarayonlarning uchligiga kirdi, deb xabar bermoqda TIME.
Dushanba, 7 yanvar holatiga ko‘ra, federal muassasalar 16 kun ishlamadi.
Federal muassasalar yopilishi ehtimoli mavjud bo‘lgan, budjetni tasdiqlash sxemasi 1976 yildan qo‘llanila boshlandi. O‘tgan vaqt ichida shatdaun 21 marotaba qayd etildi. Eng uzoq vaqt davomida hukumat 1978 va 1995-1996 yillarda ishlamagan.
1978 yilda Jimmi Karter jamoatchilik ishlari to‘g‘risidagi qonunchilikka, shuningdek, atom aviatashuvchisi yaratishni nazarda tutuvchi mudofaaga xarajatlar bo‘yicha qonun loyihasiga veto qo‘ydi. O‘shanda shatdaun 18 kun davom etdi. Rekord Bill Klintonning prezidentlik davrida o‘rnatildi. O‘shanda unda vakillar palatasi spikeri Nyut Gingrich bilan ichki xarajatlarni qisqartirish yuzasidan mojaro yuz berdi, federal muassasalar 21 kun ishlamagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning eng yirik uchta telekanali Donald Trampning millatga favqulodda murojaatini namoyish etishga rozi bo‘lgandi.
Mavzuga oid
23:09 / 05.10.2024
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi
15:16 / 05.10.2024
Putin administratsiyasidan AQShga qochgan mulozim
11:10 / 05.10.2024
AQSh Yamandagi husiychilar nishonlariga raketa zarbalari berdi
09:50 / 05.10.2024