AQŞning eng yirik törtta telekanalidan uçtasi - CBS, NBC va ABC - Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Trampning millatga favqulodda murojaatini translyatsiya qilişga rozi böldi. Bu haqda Mediaite xabar bermoqda.
7 yanvar kuni Tramp praym-taymda Oval kabinetdan televideniye orqali millatga murojaat qiliş niyati borligini bildirdi. Uning nutqida vazirliklar işining vaqtinçalik qisqarişiga sabab bölgan budjet inqirozi haqida söz yuritiladi.
Şundan söng New York Times jurnalisti Maykl Grinbaum ma'lum qilişiça, Amerikaning eng yirik törtta telekompaniyasidan - ABC, NBC, CBS va Fox - ikkitasi AQŞ yetakçisi taşabbusiga «skeptitsizm» bilan qaramoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq CNN Tramp mamlakatdagi «şatdaun inqirozi»ni kuçaytirayotgani haqida ma'lum qilgandi.












