AQŞdagi hozirgi şatdaun mamlakat tarixida eng uzoq davom etgan şunday jarayonlarning uçligiga kirdi, deb xabar bermoqda TIME.

Duşanba, 7 yanvar holatiga köra, federal muassasalar 16 kun işlamadi.

Federal muassasalar yopilişi ehtimoli mavjud bölgan, budjetni tasdiqlaş sxemasi 1976 yildan qöllanila boşlandi. Ötgan vaqt içida şatdaun 21 marotaba qayd etildi. Eng uzoq vaqt davomida hukumat 1978 va 1995-1996 yillarda işlamagan.

1978 yilda Jimmi Karter jamoatçilik işlari töğrisidagi qonunçilikka, şuningdek, atom aviataşuvçisi yaratişni nazarda tutuvçi mudofaaga xarajatlar böyiça qonun loyihasiga veto qöydi. Öşanda şatdaun 18 kun davom etdi. Rekord Bill Klintonning prezidentlik davrida örnatildi. Öşanda unda vakillar palatasi spikeri Nyut Gingriç bilan içki xarajatlarni qisqartiriş yuzasidan mojaro yuz berdi, federal muassasalar 21 kun işlamagan. 

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning eng yirik uçta telekanali Donald Trampning millatga favqulodda murojaatini namoyiş etişga rozi bölgandi.