Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston temir yo‘llarni isloh qilish uchun Deutsche Bahn’ni jalb qiladi
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Deutsche Bahn bilan O‘zbekiston temir yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun kompaniya mutaxassislari va maslahatchilarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov Xalqaro press-klub yig‘ilishida Kun.uz muxbirining savoliga javob qaytarib, aytib o‘tdi.
«Deutsche Bahn temir yo‘l sohasida dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi hisoblanadi. Biz hozir ular bilan «O‘zbekiston temir yo‘llari»ni yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida ekspertlarni jalb etish bo‘yicha kelishmoqdamiz», - dedi Qudratov.
Ta'kidlanishicha, Germaniya kompaniyasida bunday korxonalarni qayta tuzish bo‘yicha mavjud tajriba «O‘zbekiston temir yo‘llari» faoliyatini optimallashtirish va uning samaradorligini oshirish uchun foydali bo‘ladi.
Bu sohada mavjud bo‘lgan muammolar, shu jumladan, mamlakat ichida va undan tashqarida yuklar yetkazib berish muddatining kechikishi bo‘yicha muammolarni hal qilish imkonini beradi.
«Umid qilamizki, Deutsche Bahn’ni jalb qilib, temir yo‘llarning samaradorligini oshira olamiz», - deya xulosa qilgan Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Laziz Qudratov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzurida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda kengash tashkil etilishi haqida ma'lumot qilgandi.
Mavzuga oid
18:31 / 29.05.2026
Moskva-Dushanbe poyezdi harakati 6 yillik tanaffusdan so‘ng tiklanadi
19:21 / 21.03.2026
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lini 2030 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda
18:13 / 19.03.2026
Bayram kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
12:04 / 17.03.2026