Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuziladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzurida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda kengash tashkil etiladi. Bu haqda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov Xalqaro press-klub yig‘ilishida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilishicha, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikdagi kengash xorijiy investorlar faoliyatiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Kengash tarkibidan xorijiy sarmoyadorlarning joy olishi mo‘ljallanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning oktabr oyi boshlarida Fransiyaga amalga oshirgan tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzurida Xorijiy investitsiyalar bo‘yicha kengash tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini aytgandi.
«Uning vazifasi sarmoyadorlar fikrini inobatga olgan holda O‘zbekiston investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi», — degan Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
19:52 / 09.06.2026
Prezident huzurida Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi
21:09 / 08.06.2026
Prezident 4-mis boyitish fabrikasi loyihasini ishlab chiqishni jadallashtirishni buyurdi
14:57 / 02.06.2026
Deputatlar TXMM va Enterprise Uzbekistan to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qildi
20:22 / 26.05.2026