Jahon | 11:25 / 11.01.2019
7316
1 daqiqa o‘qiladi

CNN: AQSh Suriyadan harbiy texnikani olib chiqishni boshladi

Foto: Reuters/ Matthew Crane

AQSh armiyasi Suriyadan harbiy texnikani olib chiqishni boshladi, deya xabar qilmoqda CNN telekanali manbalarga tayangan holda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda amerikalik harbiylar «yer ustida joylashtiriluvchi harbiy texnikaning» birinchi partiyasini olib chiqib ketishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya AQSh qo‘shinlarini olib ketmasa ham Suriya shimoliga yurish qilishi xabar berilgandi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li xabariga ko‘ra, Suriya shimoli-sharqida rejalashtirilgan Turkiya amaliyoti Amerika qo‘shinlarining mintaqadan olib chiqilishiga bog‘liq emas. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid