Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Turkiya AQShning Suriya bo‘yicha rejalariga xalaqit bera olmaydi
Pentagon, AQSh va Turkiyaning kurdlar bo‘yicha pozitsiyasi turlicha ekaniga qaramay, Suriyadan qo‘shinlarni baribir olib chiqish niyatida. Bu haqda The Wall Street Journal harbiy mahkamadagi manbalarga asosan yozmoqda.
Nashrdan eslatishlaricha, avvalroq AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Turkiya kurdlarga aviazarbalar berishni to‘xtatishga rozi bo‘lmagunga qadar, Amerika qo‘shinlari Suriyani tark etmasligini va'da qilgandi.
Gazeta manbasi bildirishicha, Boltonning bayonoti Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqish jarayoniga hech qanday aloqasi yo‘q.
«Hech narsa o‘zgargani yo‘q. Bolton bizga buyruq bera olmaydi», - deya qayd etib o‘tdi manba.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya AQSh qo‘shinlarini olib ketmasa ham Suriya shimoliga yurish qilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026