Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh sobiq vaziri mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘yishini ma'lum qildi
San-Antonio (Texas shtati) shahri sobiq meri, Baraka Obama ma'muriyatida uy-joy qurilishi va shahar rivojlantirish vaziri lavozimida faoliyat olib borgan demokrat Xulian Kastro 2020 yilgi AQSh prezidenti saylovida ishtirok etishini ma'lum qildi.
"Prezident lavozimiga nomzodimni qo‘yaman, chunki mendagi imkoniyatlar barcha amerikaliklarda bo‘lishiga kafolat berish uchun yangi yetakchilar, yangi quvvat vaqti keldi", - dedi Kastro.
Kastro AQShdagi kelib chiqishi lotinamerikalik bo‘lgan siyosatchi-demokratlar orasida eng taniqlilaridan hisoblanadi. Uning buvisi AQShga Meksikadan kelgan.
2016 yilgi prezident saylovi vaqtida Xulian Kastro Xillari Klinton vitse-prezident sifatida tanlashi mumkin bo‘lgan siyosatchilardan biri hisoblangandi.
Ekspertlar prezident lavozimiga da'vogarlar sifatida Massachusets shtatidan senator Elizabet Uorren, sobiq kongress a'zosi Beto O'Rurk, Vermont shtatidan senator Berni Sanders, Nyu- Jyersi shtatidan senator Kori Buker, Minnesota shtatidan senator Emi Klobushar va Nyu-York shtatidan senator Kirsten Gillibrandlarni ko‘rishmoqda.
AQSh prezidenti saylovi 2020 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:30 / 31.12.2025
Tramp dunyodagi ehtimoliy «eng yomon» davlatni aytdi
09:21 / 31.12.2025
AQSh va Fransiya Ukrainaning Putin qarorgohiga hujumi haqidagi da’volarga shubha bilan qaramoqda
18:03 / 30.12.2025
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berish to‘xtatildi
08:51 / 30.12.2025