Jahon | 08:37 / 14.01.2019
14061
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning Arktika bo‘yicha rejalari ma'lum bo‘ldi

Foto: U.S. Marine Corps

AQSh harbiy-dengiz kuchlari Arktikada Rossiya va Xitoyning «haddan tashqari talablari»ga javob qaytarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Arktikada yangi dengiz yo‘llarining ochilishi ehtimoli tufayli «keskin vaziyat» yuzaga keldi.

Ta'kidlanishicha, AQSh harbiy kemasini Arktikaga jo‘natish bo‘yicha missiya Rossiya va XXRning mintaqadagi «haddan tashqari talablari»ga javob bo‘ladi.

Shu bilan birga, AQSh Janubi-Xitoy dengizida ham xuddi shunday yo‘l tutgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya AQShning Arktika bo‘yicha rejalariga javob qaytargandi.

Mavzuga oid