Jahon | 15:29 / 12.01.2019
32973
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya AQShning Arktika bo‘yicha rejalariga javob qaytardi

Foto: Sergei Karpukhin / Reuters

Rossiya shimoliy chegaralari himoyasi ishonchli, deya ma'lum qildi RF Federatsiyalar kengashining mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi a'zosi Frants Klintsevich. U AQShning Arktikaga harbiy kemalar jo‘natish rejalari bo‘yicha shunday izoh bergan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

«Rossiya shimoli mamlakat xavfsizligini ta'minlash borasida bizning to‘liq nazoratimiz ostida. Shu bilan birga, biz u yerdan qanday xavf tahdid solayotganini yaxshi bilamiz, bu bo‘yicha barcha javoblar kuttirib qo‘ymaydi», - deya qayd etib o‘tdi senator.

Uning qo‘shimcha qilishicha, gap faqatgina bir xil javoblar haqida ketayotgani yo‘q. «Men amerikaliklarga bizning Venesuelaga parvozlarimiz ma'nosi haqida o‘ylab ko‘rishni taklif qilaman», - dedi Klintsevich.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Arktikaga harbiy kema jo‘natmoqchi ekani xabar berilgandi.

AQSh harbiy-dengiz kuchlari vaziri Richard Spenser Arktika suvlariga harbiy kema yuborish niyatida ekanini ma'lum qildi. Uning aniqlik kiritishicha, kelgusi bir necha oy ichida kema Arktikaga yuborilishi kerak.

Bundan tashqari, uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh suvusti kemalari va P-8 Poseidon samolyotini Adak orolidagi portga jo‘natish niyatida.

Mavzuga oid