Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Belarusga G‘arb va Sharqdan tahdid borligi haqida ogohlantirdi
Foto: Mixail Metsel/TASS
Kirib kelgan 2019 yil va kelgusi 2020 yil Belarus uchun alohida, siyosiy hodisalarga boy bo‘ladi. Bu haqda prezident Aleksandr Lukashenko ma'lum qildi, deya xabar bermoqda BeLTA.
Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika «ham chapda, ham o‘ngda, ham G‘arbdan, ham Sharqdan suverenitet va mustaqillik masalasi bo‘yicha jiddiy ravishda tekshiriladi». Shu bilan birga, Lukashenkoning qayd etishicha, agar hukumat samarali ishlasa, mamlakatni «o‘rnidan qo‘zg‘ata olishmaydi».
Lukashenko mahalliy ijroiya va ma'muriy organlar rahbarlarini tayinlash bo‘yicha muvofiqlashtirilgan yig‘ilish chog‘ida, bir yil davomida mamlakatning turli oblastlarida bo‘lishi hamda mintaqalarni rivojlantirish bo‘yicha mahalliy hokimiyat organlari faoliyati bilan tanishishini ta'kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko Rossiyaga tahdid qilgandi.
Uning aytishicha, agar tomonlar neft sohasida soliq manyovri munosabati bilan tovon to‘lash bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, Rossiya Belarus ko‘rinishida g‘arbiy yo‘nalishdagi yagona ittifoqchisini yo‘qotishi mumkin.
Mavzuga oid
21:24 / 27.11.2025
Lukashenko sobiq prezident Bakiyevni Qirg‘izistonga bermasligini aytdi
15:36 / 27.11.2025
Vashington Minskdan 100 dan ortiq siyosiy mahbusni qo‘yib yuborishni talab qilmoqda
22:24 / 10.11.2025
Lukashenko mobil telefonsiz qanday yashash mumkinligini aytdi
22:49 / 04.11.2025