Agar tomonlar neft sohasida soliq manyovri munosabati bilan tovon tölaş böyiça kelişuvga erişa olmasa, Rossiya Belarus körinişida ğarbiy yönalişdagi yagona ittifoqçisini yöqotişi mumkin. Bu haqda 10 yanvar, payşanba kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko ma'lum qildi. Uning sözlari TASS tomonidan keltirilgan.
Lukaşenkoning ta'kidlaşiça, bu masalada Rossiya bilan kelişuvlar yöqligi mamlakat uçun fojia bölmaydi. «Agar Rossiya rahbariyati bunday harakat va ğarbiy yönalişda yagona ittifoqçisini yöqotiş yölini tanlasa, bu ularning tanlovidir. Biz ularni majbur qila olmaymiz», - deya aniqlik kiritdi u.
Belarus yetakçisi respublika hukumatini Rossiya soliq manyovri bilan boğliq bölgan Belarus budjeti yöqotişlarini qoplaş uçun boşqa «işonçli manbalarni» topişga çaqirdi. Şu bilan birga, Lukaşenkoning qayd etişiça, Belarus uçun qöşimça 400 million dollar daromad topiş «muammo emas».
Eslatib ötamiz, avvalroq Lukaşenko Belarus va Rossiyaning birlaşişi böyiça gap-sözlarni rad etgandi.












