Fransiya Buyuk Britaniyaning YeIdan kelishuvsiz chiqishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Yevropa va xususan, Fransiya Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan kelishuvsiz chiqishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, dedi Fransiya TIVning Yevropa masalalari bo‘yicha vaziri Natali Luazo France Inter radiosiga bergan intervyusida.
"Yevropaliklar va xususan, biz – fransuzlar, kelishuvning bo‘lmasligiga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz", dedi Luazo.
Vazir tez kunda kerakli choralarni ko‘rish imkoniyatini beruvchi qonun loyihasi qabul qilinishini bildirdi.
Luazo shuningdek, ikkinchi referendum o‘tkazilishini "gipoteza" dedi.
Britaniya parlamenti a'zolari bosh vazir Tereza Mey taklif qilgan Brexit bo‘yicha kelishuvni rad etishdi. Bu esa mamlakatning YeIdan chiqishi yoki Brexit butunlay bekor bo‘lishi masalasida turlicha voqealar rivojini keltirib chiqarishi mumkin.
Mavzuga oid
12:20 / 27.09.2024
YeI va 30 dan ortiq davlat Ukrainani qayta tiklashga kelishib oldi
20:25 / 22.09.2024
Fransiyada uzoq muddatli siyosiy inqirozdan keyin yangi hukumat tasdiqlandi
21:36 / 21.09.2024
Fransiyada talabalar arxeologik qazish ishlari davomida 200 yillik maktubni topdi
12:10 / 21.09.2024