Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 2018 yilda yengil avtomobillar ishlab chiqarishni keskin oshirdi
Foto: GM Uzbekistan
2018 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston 213,28 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqardi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 57,4%ga ko‘pdir.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida yuk avtomobillari ishlab chiqarish 12 foizga oshgan - 4,23 mingta donagacha.
2018 yil yanvar-dekabr oylarida respublikada 949 dona avtobus ishlab chiqarildi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 10,2 foizga kam.
2018 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda avtomobil dvigatellari ishlab chiqarilishi 158,75 mingta donani tashkil qildi, 2017 yil yanvar-dekabriga nisbatan o‘sish 73,3%ni tashkil etdi.
2018 yil yanvar-dekabr oylarida traktorlar ishlab chiqarish hajmi 3,39 mingta donani tashkil qildi, bu 2017 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 3,4 baravar ko‘p.
Mavzuga oid
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
09:29 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar 2 oyda tibbiy xizmatlarga 3,5 trln so‘m sarfladi
09:15 / 02.04.2026