Jahon | 15:30 / 17.01.2019
8204
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy AQShni ikki xil yondashuvda aybladi

Foto: AP

Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin AQShning yangi strategiyasiga munosabat bildirdi, u Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun yadro qurolidan foydalanishni nazarda tutadi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar ko‘p bora boshqa mamlakatlardan qurollar ishlab chiqish bilan bog‘liq tadqiqotlarni kamaytirishni talab qilgan.

«Shu bilan birga, AQSh o‘z ommaviy qirg‘in qurollarini rivojlantirishda davom etishi haqida ma'lum qilmoqda. Bu - ikki xil standartlar», - deya aytib o‘tdi Chunin.

Uning umid bildirishicha, AQSh BMT Xavfsizlik kengashining boshqa doimiy a'zolari bilan birgalikda global barqarorlikka ko‘maklashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh yadro qurolidan Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun foydalanmoqchi ekani xabar qilingandi.

AQSh raketalardan mudofaa bo‘yicha yangi strategiyasi shuni nazarda tutadiki, bunda mamlakat yadro qurolini Rossiya va Xitoyni tiyib turishning asosiy vositasi sifatida ko‘rishda davom etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid