Jahon | 15:18 / 18.01.2019
13830
1 daqiqa o‘qiladi

KXDR AQShga talab qo‘yadi

Foto: EPA

KXDR Mehnat partiyasi MQning yagona front bo‘limi mudiri Kim Yon Chxol AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan rejalashtirilayotgan muzokaralar davomida tinch bitimni imzolash bo‘yicha talab qo‘yadi. Bu haqda Munhwa Ilbo manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Kim Yon Chxol Pompeoni tinchlik bitimini imzolash hamda Shimoliy Koreyadan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirmoqchi.

Qayd etilishicha, KXDR AQShdan Yonbendagi yadroviy obektlar buzilishi evaziga shunday qadamlar qo‘yishni talab qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Trampga maktub yuborgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid