O‘zbekiston | 18:28 / 18.01.2019
113668
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston birinchi prezidentining samolyoti sotildi
1997 yilda O‘zbekiston rahbariyati uchun maxsus ishlab chiqarilgan, Uzbekistan Airways kompaniyasining British Aerospace Avro RJ85 uchta samolyotidan bittasi (bort raqami UK-80001) sotildi.
AviaSpotter Telegram kanali ma'lumotlariga ko‘ra, bort O‘zbekiston birinchi prezidentiga xizmat ko‘rsatgan. 1997-2013 yillarda Islom Karimov bu samolyotda O‘zbekiston viloyatlari va yaqin xorijdagi davlatlarga parvoz qilgan.
Aviatsiya ixlosmandlari orasida samolyot «tulki» yoki «rijik» laqabini olgan. Ma'lum bo‘lishicha, qolgan «rijik»lar ham (UK-80002 va UK-80003) sotish uchun tayyor turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways Dreamliner bo‘yicha rasmiy ma'lumot bergandi.
Mavzuga oid
14:01 / 15.11.2024
Lavrov samolyotiga xorijda yonilg‘i quyishdan bosh tortishayotganidan shikoyat qildi
21:10 / 10.11.2024
Toshkentdan Jiddaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
12:02 / 02.11.2024
Myunxendan Shanxayga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
11:56 / 02.11.2024