Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi Boeing-787 Dreamliner samolyotlari haqida tarqalgan xabarlardan söng rasmiy axborot bilan çiqdi.

Qayd etilişiça, Uzbekistan Airways xalqaro standartlarga mos tuşuvçi parvozlarni bajarişda davom etyapti, Uzbekistan Airways aviaparki tarkibidagi barça havo kemalari rejali texnik körik va modifikatsiyadan muntazam ravişda ötkaziladi, ular vaqtida samolyotlar reyslardan olinadi. 

«Milliy aviakompaniya yölovçilari örgangan darajadagi parvozlar xavfsizligini ta'minlaş uçun uşbu jarayonlar yangi havo kemalariga, jumladan, Boeing-787 Dreamliner’ga ham qöllaniladi.

Avval xabar berilganidek, Milliy aviakompaniya Drimlaynerlaridan biri rejali xizmat körsatiş va modifikatsiyaga yöllangan, ularning yakuni böyiça xuddi şu turdagi ikkinçi havo kemasi ham bunday jarayonlarga yuborildi», - deyiladi MAK xabarida.

Qayd etilişiça, bu borada notöğri ma'lumot tarqalişining oldini oliş maqsadida Uzbekistan Airways tomonidan Boeing va General Electric kompaniyalari vakillari iştirokida brifing taşkil etiladi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq yana bir Dreamliner işdan çiqqani, Uzbekistan Airways hozirça rasman izoh bermagani xabar qilingandi.