Light | 17:41 / 19.01.2019
32028
4 daqiqa o‘qiladi

Ishga ketayotgan vaqtingizda 7 ta foydali ish bilan mashg‘ul bo‘ling

Bloger Li Fisher o‘zining Medium’dagi ustunchasida ishga ketayotganda yo‘lda nima uchun vaqtni unumli tejash muhimligi haqida gapirib, jamoat transporti yoki tirbandlikda vaqtni unumli o‘tkazishga yordam beradigan bir necha mashg‘ulotlarni taklif etdi. 

1.  Audiokitoblar

Yo‘lda vaqtni unumli o‘tkazishning eng yaxshi usuli – audiokitoblar tinglash. Siz badiiy kitoblar yoki ta'limga oid qo‘llanmalarni tinglashingiz mumkin.
Har qanday holatda ham zerikmaysiz va jarayonda biror yangi narsa o‘rganasiz. Agar audiokitoblar ishqibozi bo‘lmasangiz, turli hikoyalarni tinglab ko‘ring va o‘zingizga yoqadiganini topishga harakat qiling. Agar bunday ko‘rinish sizga ma'qul bo‘lmasa, elektron kitoblarni sinab ko‘ring.

2.  Til o‘rganing

Yo‘lda til o‘rganish – vaqtni samarali o‘tkazish. Deyarli har birimiz biror xorijiy tilni o‘rganishni istaymiz, biroq bo‘sh vaqtimiz bo‘lmagani sababli uni ortga suramiz. Ta'lim sohasidagi materiallarni metro yoki avtobusda tinglang.
Agar avtomobil boshqarsangiz, tabiiyki, ekranga qarab so‘zlar to‘g‘ri yozilishini tahlil qila olmaysiz. Biroq so‘z boyligi va talaffuzni rivojlantirish ortiqchalik qilmaydi.

3.  Ishlar ro‘yxatini tuzing

Yo‘lda o‘z ish kuningizni rejalashtirishingiz mumkin. Ishlar ro‘yxatini tuzish va maqsad hamda o‘ylarni tashkillashtirish hech qachon zarar qilmaydi. Albatta, bu kitob mutolaasi va til o‘rganish kabi vaqtni foydali o‘tkazish emas, biroq telefonda o‘yin o‘ynashga qaraganda yaxshiroq.

4.  Yozing

Yana bir usul – yozish. She'r, qisqa hikoya yozing yoki o‘z kitobingizning keyingi bo‘limi ustida ishlang. Tajribali yozuvchimisiz yoki havaskormi, buni bir sinab ko‘ring. Buning uchun telefondagi eng oddiy ilovadan ham foydalanishingiz mumkin.

5. Oilangiz yoki do‘stlaringiz bilan suhbatlashing

Yo‘lda do‘stingiz yoki oilangizga qo‘ng‘iroq qilib ko‘ring. 

6.  Ijtimoiy tarmoqlar yoki marketing

Agar vaqtingizni ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazishni istasangiz, yangiliklarning cheksiz lentasini varaqlamang. Do‘stlar va oilangizga yozing. Siznikiga o‘xshash qiziqishlari bo‘lgan yangi insonlar bilan tanishing. Ijtimoiy tarmoqlarni muloqot uchun qo‘llang.
Agar ijodkor odam bo‘lsangiz va biror mahsulotni sotish haqidagi loyiha bilan shug‘ullansangiz, bunga ko‘proq vaqt ajrating. Marketing bilan shug‘ullaning. Ijtimoiy tarmoqlarni yangilang, Twitter’da biror narsa yozing.

7.  Dam olish yoki meditatsiya

Agar ishga ketish yo‘li uzoq bo‘lsa, kuningiz odatda asabiy o‘tsa, xotirjam bo‘lish va meditatsiya qilishga harakat qiling. Agar sizga turtki kerak bo‘lsa, meditatsiya uchun maxsus ilova yuklab oling. Ana o‘shanda bekatni o‘tkazib yubormaslik uchun taymer o‘rnata olasiz. O‘zingiz bilan birga quloqchinlarni oling. Ular sizni jamoat transportining shovqinidan himoya qiladi.
Yo‘lda biror narsa o‘qisangiz yoki yaqin inson bilan muloqot qilsangiz, o‘zingizni yaxshiroq his etasiz. Zerikarli va charchoq chaqiruvchi holatni unumli jarayonga aylantirasiz.

Mavzuga oid