Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrining 11 ta chiqish postlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
18-20 yanvar kunlari Toshkent shahrining 11 ta chiqish postlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda, deb xabar qildi Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi.
Xabarda aytilishicha, ushbu tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad insofli soliq to‘lovchilar uchun teng raqobat sharoitini yaratish va yashirin faoliyat yuritayotgan sub'yektlarni aniqlashdir.
“Ushbu tadbirlarda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining navbatchiligi tashkil etilib, ularga 43 nafar malakali xodimlar jalb qilingan. Profilaktik tadbirlarning asosiy maqsadi esa yuk tashib o‘tayotgan avtotransport vositalari haydovchilari uchun qonuniy ishlashning ustunliklarini tushuntirish, tovarlarning harakatini monitoring qilishdan iborat”, deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, tadbir davomida navbatchilikka jalb etilgan xodimlar tomonidan IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi inspektorlari yordamida davlat soliq xizmati organlari xodimlarining odob-axloq qoidalariga qat'iy rioya etgan holda, transport vositalari harakatiga xalaqit bermasdan, olib o‘tilayotgan yuklarning yo‘l hujjatlari tekshirilib, ulardan nusxa (elektron suratga) olinmoqda.
Yuklarni sanoqdan o‘tkazish yoki yuk xatiga to‘g‘ri kelishini tekshirish, mahsulotlarni olib qo‘yish qat'iyan ma'n etilgan.
Davlat soliq qo‘mitasi belgilangan tartibda qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar faoliyati uchun hech qanday to‘sqinlikka yo‘l qo‘yilmasligini eslatib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026