Hongkongda 4,6 mlrd dollarlik avtomobil tunneli ochildi
Hongkongda qurilishiga 4,6 mlrd dollar investitsiya qilingan yangi avtomobil tunneli ochildi. Bu loyihaning amalga oshirilishi 10 yil vaqt olgan.
Gap uzunligi 4,5 kmlik transport tuguni haqida ketmoqda. Undan 3,7 kilometri Hongkong orolining shimoliy sohili bo‘ylab, qisman dengiz tubi orqali o‘tgan. Yangi tunnel ikki tomonga uchtadan harakatlanish polosasiga ega va shaharning markazida yo‘llardagi qatnovni kamaytirishga qaratilgan. Tunnel orqali o‘tish bepul bo‘ladi.
Tunnel, ta'kidlanishicha, dunyodagi eng yirik shamollatish va havoni tozalashning o‘ziga xos tizimi bilan jihozlangan. Bu tizim chiqindi gazlardagi zararli moddalarning 80 foizini bartaraf etishga imkon beradi va har soatda 5,4 mln kub metr havoni filtrlashga qodir.
“Yashillar” harakati vakillari ushbu tunnel joriy qilinishini qutlashgan va hukumatni unda qo‘llangan texnologiyalarni shunday boshqa inshootlarda qo‘llashga chaqirishgan.
Mavzuga oid
16:55 / 26.12.2024
Qozog‘istondan O‘zbekistonga neft mahsulotlari tashiladigan maxfiy tunnel topildi
10:19 / 20.12.2024
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida o‘zaro vizasiz tartib o‘rnatish masalasi muhokama qilinmoqda
23:51 / 10.12.2024
Xitoy «Hongkong ishiga aloqador» AQSh fuqarolariga viza berishni chekladi
17:40 / 03.12.2024