Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Germaniyadagi vatandoshlar bilan uchrashdi
Berlinda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Germaniyada ta'lim olayotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar kutib oldi.
O‘zbekiston delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida ularning samimiy suhbati bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev vatandoshlarimizning o‘qish va ishlari, orzu-istaklari bilan qiziqdi.

– Rivojlangan davlatlar barcha sohalarga ilmiy yondashib natijaga erishgan. Biz ham juda katta izlanishdamiz. Butun harakatlarimiz dunyo bilan teng bo‘lishga, xalqimizga munosib hayot yaratishga qaratilgan. Islohotlarni sizdek ilg‘or yoshlar bilan birga amalga oshiramiz. Hamma o‘rgangan bilim, “nou-xau”laringni O‘zbekistonning har bir sohasi intiqlik bilan kutyapti. Qancha ko‘p bilimli bo‘lsak, shuncha qudratli bo‘lamiz, - deb aytgan Shavkat Mirziyoyev.
Prezident yoshlarni o‘qish va izlanishlarini muvaffaqiyatli tugatib, bilim va tajribalarini mamlakatimiz rivojiga yo‘naltirishga taklif etdi.

Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026