Rossiya AQShni Venesuela ishiga harbiy tomondan aralashmaslik haqida ogohlantirdi
Rossiya AQShni Venesuelaning ishlariga harbiy aralashuvdan ogohlantiradi, bu halokatli holatga olib kelishi mumkin, dedi Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari V. Ryabkov. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Avvalroq Venesuelada muxolif parlament - Milliy assambleya rahbari Xuan Guaydo o‘zini mamlakat prezidenti sifatida e'lon qildi va davlat rahbari sifatida qasamyod qabul qilgani va AQSh prezidenti Donald Tramp uni qonuniy prezident sifatida tan olgani xabar qilingandi.
Shu bilan birga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Lotin Amerikasi mamlakatida kuzatilayotgan norozilik namoyishlari fonida venesuelalik hamkasbi Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlashi haqida aytdi. Bu haqda Turkiya rahbarining rasmiy vakili Ibrohim Kalin tvitterdagi sahifasida yozgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Erdo‘g‘an Venesuela rahbari bilan bog‘lanib, unga qo‘llab-quvvatlashi haqida aytgan.
«Birodarim Maduro, hammasi joyida bo‘ladi! Biz siz bilan birgamiz», - deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltiradi Kalin.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya davlat to‘ntarishi orqali hokimiyatni qo‘lga olishga urinishni rad etish bo‘yicha o‘zining prinsipial pozitsiyasiga sodiq qolishda davom etadi.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024