Ukraina MDHdan ikki oy ichida chiqib ketishga qaror qildi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mart oyi oxirigacha mamlakatni Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)dan olib chiqib ketish bo‘yicha rasmiy jarayonni boshlashi mumkin. Bu haqda «Izvestiya» siyosiy doiradagi manbalarga asosan xabar bermoqda.
Nashr suhbatdoshlarining ta'kidlashicha, bunday qadamdan ko‘zlangan maqsad - 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlar oldidan Poroshenkoning reytingini oshirish. Prezident bundan saylovoldi kampaniyasida foydalanishni ko‘zlamoqda, sababi avvalroq Rossiya bilan yuz bergan munosabatlarning keskinlashuvi - Kerch bo‘g‘ozidagi mojaro hamda do‘stlik to‘g‘risidagi bitim bekor qilinishi - uning mashhurligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi.
Boshqa bir manbaning qayd etishicha, aslida Ukraina hozir ham MDHga a'zo emas, sababi u bir qator shartnomalarni bekor qildi va to‘lovlarni to‘lamayapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, hamdo‘stlikdan yakuniy chiqib ketish to‘g‘risidagi qaror «namoyishkorona va siyosiy xarakterga» ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina MDH doirasidagi bir nechta kelishuvlardan chiqqandi.
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
16:12 / 22.11.2024
Tanzila Norboyeva Rossiyada MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasida ishtirok etdi
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024