Ukraina hukumati Mustaqil davlatlar hamdöstligi doirasidagi bir neçta kelişuvlardan çiqiş haqida qaror qabul qildi.
TASSning bildirişiça, Kiyev "Davlatlararo iqtisodiy axborot almaşiş töğrisida"gi, "Taşqi iqtisodiy faoliyat sohasida axborot almaşiş töğrisida"gi hamda " Taşqi iqtisodiy faoliyat sohasida hamkorlik qiliş töğrisida"gi bitimlardan çiqqan.
Ötgan haftada Ukraina MDHda körgazma-yarmarka faoliyatini rivojlantiriş töğrisidagi kelişuvdan çiqib ketgandi. Kiyevning bildirişiça, bu hujjat eskirgan va mamlakatlar örtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holatiga töğri kelmaydi.











