Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Kubaning yangi elchisini qabul qildi
Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 25 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Kuba Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Boku shahrida) Alfredo Niyeves Portuondo bilan uchrashdi.
Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng elchini qutlar ekan, vazir uni O‘zbekistonda yuqori va mas'uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan va muvaffaqiyatlar tilagan.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlar holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi, deyiladi TIV xabarida.
2018 yil sentabr oyida Toshkent shahrida ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi muvaffaqiyatli o‘tkazilganligi mamnuniyat bilan qayd etildi. Ushbu maslahatlashuvlar O‘zbekiston-Kuba muloqotini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga e'tibor qaratish imkonini berdi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli asosda hamkorlikni yanada mustahkamlashga O‘zbekiston va Kuba sodiq ekanligi tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda xalqaro siyosatning ba'zi masalalari yuzasidan fikr almashilgan.
Mavzuga oid
17:37 / 17.04.2026
KUBA – katta o‘yin ichidagi kichik davlat | MAYDON
23:17 / 15.04.2026
Pentagon Kubaga qarshi harbiy operatsiyaga tayyorgarlikni boshladi – OAV
08:52 / 30.03.2026
AQSh Rossiyaning Kubaga ketayotgan neft tankerini to‘xtatmadi
16:47 / 27.03.2026