Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada yana bir to‘g‘on o‘pirilishi mumkinligi ma'lum qilindi
Braziliyaning Vale tog‘-kon kompaniyasi 25 yanvarda kompaniyaga tegishli to‘g‘on o‘pirilgan Brumadinyu munitsipalitetida yana bir to‘g‘oni o‘pirilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda kompaniyaning 27 yanvarda rasmiy saytida e'lon qilingan bayonotida aytilgan.
Vale kompaniyasi 27 yanvarda mahalliy vaqt bilan soat 05:30 da Korregu-du-Feyjan konida 6-to‘g‘ondagi nazorat qurilmalari suv sathi oshganini ko‘rsatgandan keyin favqulodda ogohlantirish tizimi ishga tushganini ma'lum qilgan.
Ta'kidlanishicha, mahalliy hukumat bu haqda darhol xabardor qilingan. “Vale vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Tafsilotlar yaqin orada e'lon qilinadi”, deb qo‘shimcha qilingan bayonotda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, to‘g‘on o‘pirilishi oqibatida kamida 37 kishi halok bo‘lgan, 23 kishi jarohat olgan. Shuningdek, 290 dan ko‘proq odam bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Braziliya sudi to‘g‘on o‘pirilishi bilan bog‘liq holda kompaniyaning hisobraqamlaridagi yana 5 mlrd real (1,3 mlrd dollar) pulni muzlatib qo‘yishga qaror qildi.
Avvalroq kompaniyaning 6 mlrd real (1,6 mlrd dollar) puli muzlatilgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:52 / 24.06.2026
Chexlarga sensatsiya kerak, Braziliya va Koreyaga durang ham yetadi. A, V va C guruhlarida vaziyat qanday?
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026