Jahon | 14:21 / 30.01.2019
24833
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyani mingdan ortiq nemis kompaniyalari tark etdi

Foto: Sergey Guneyev / RIA Novosti

Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etilganidan so‘ng mamlakatni 1,3 mingta nemis kompaniyasi tark etdi. Bu haqda Germaniya iqtisodiyoti sharqiy qo‘mitasi raisi Volfgang Byuxele ma'lum qildi.

U Rossiyada besh yil avval nemis kapitali ishtirokidagi olti mingga yaqin kompaniya faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2018 yilda ularning soni 4,7 mingga tushib qolganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Rossiyani tark etishdan hech kim manfaatdor emas», ammo Vashington yangi sanksiyalar kiritadigan bo‘lsa, buning oqibati qanday bo‘lishi mavhum. 

«Afsuski, Ukrainadagi inqiroz haligacha hal bo‘lmadi, Rossiya va Yevroittifoq o‘rtasidagi munosabatlar esa qator sabablarga ko‘ra yomonlashmoqda», dedi Byuxele.

Mavzuga oid