O‘zbekiston | 08:37 / 01.02.2019
7255
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzax kichik biznesdan olingan daromadlar bo‘yicha yetakchilik qilmoqda

Foto: KUN.UZ

Davlat statistika qo‘mitasi aholining 2018 yildagi jami daromadi umumiy hajmini hisoblab, uning tuzilmasini taqdim etdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yil yanvar–dekabr oylarida aholining jami daromadi umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 62,6%ni tashkil etgan, deb yozadi Norma.

Eng ko‘p hajm Jizzax viloyatiga to‘g‘ri kelgan – 73,2%, eng kami Toshkentga – 51,7%.

Umuman olganda aholi jon boshiga jami daromadning yuqori o‘sish sur'atlari Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida kuzatilgan – 11,3%. Jizzax viloyatida – 11,1%, Buxoro viloyatida – 9,9%, Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 9,5%, Farg‘ona viloyatida – 9,2%, Navoiy viloyatida – 8,8% va Samarqand viloyatida – 8,5%.

Jami daromadlar umumiy hajmining sezilarli darajada o‘sishi umumiy daromadlar tarkibida 71,1% ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning mintaqalar jami daromadi tarkibidagi eng ko‘p ulushi Navoiy viloyatida (84,2%) kuzatilgan. Aksincha, Toshkentda, Xorazm. Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida u respublika bo‘yicha o‘rtacha darajadan past bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2018 yilda chet elga ketgan o‘zbekistonliklar soni keskin oshgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid