Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parkentda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
2019 yil 1 fevral kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani Oltintepa ko‘chasida yashovchi Ye.K.ga tegishli Toshkent viloyatining Parkent tumani Navbahor qo‘rg‘onida joylashgan dala-hovlisida yong‘in sodir bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in o‘chirish vaqtida shu yerda vaqtincha yashagan S.D.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. O‘rganishlar davomida yong‘in S.D. mast holda sigaret chekib, uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:29
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
13:40 / 19.06.2026