Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya raketalar bo‘yicha yangi bitimga oid taklif bilan chiqdi
Foto: AP
Yaponiya TIV rahbari Taro Kononing ma'lum qilishicha, Tokio agar avvalgi bitim amal qilishni to‘xtatsa, Pekinni O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi yangi bitimga jalb qilish lozim, deb hisoblaydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Kononing so‘zlariga ko‘ra, bitim juda muhim ahamiyatiga ega edi. Shu bilan birga, Yaponiya tomoni AQSh bitim bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatib qo‘yganiga tushunish bilan qaramoqda.
«Shunga qaramay, uning amal qilishining to‘xtatilishi butun dunyo uchun juda yomon», - dedi Kono.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar O‘rta va kichik masofadagi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi bitim amal qilishni to‘xtatsa, Yaponiya tomoni qurolsizlanish bo‘yicha xalqaro tuzilma yaratishga hissa qo‘shishi mumkin. Bundan tashqari, unga AQSh, Xitoy va Rossiya ham jalb etilishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning raketa bitimidan chiqish muddati ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
10:08 / 26.12.2025
Yaponiya 17 ta qon quyish muassasasiga zamonaviy uskunalarni yetkazib beradi
10:53 / 25.12.2025
Yaponiya Markaziy Osiyoda 3 trillionlik yangi loyihalarni rejalashtirmoqda
19:14 / 21.12.2025