AQShning raketa bitimidan chiqish muddati ma'lum qilindi
AQSh 2 fevral kuni, Rossiya roziligini hisobga olmagan holda, O‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi bitimdan chiqishni boshlaydi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Jarayon olti oy davom etadi, deya aniqlik kiritdi AQSh Davlat departamenti huzuridagi qurollar va xalqaro xavfsizlik ustidan nazorat bo‘yicha kotib o‘rinbosari Andrea Tompson.
Agentlik xabariga ko‘ra, Moskva O‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi bitimni buzishi bo‘yicha Amerika va Rossiya tomonining Jyenevadagi muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlanmadi. Shuning uchun Vashington Rossiya bilan kelishuvga erishmasdan bitimdan chiqib ketish haqida qaror qabul qildi.
AQSh va NATO Rossiyani O‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi bitimni buzganlikda ayblamoqda - 9M729 raketa tizimi uning shartlariga zid ekani aytiladi. Rossiyaning iddao etishicha, ushbu raketa masofasi 500 kilometrdan oshmaydi, bitim shartlari esa buzilmagan. 4 dekabr kuni AQSh agar Rossiya 60 kun ichida uni bajarishga qaytmasa, bitimdan chiqishi haqida ma'lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh raketa bitimi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:35 / 04.11.2024
AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi
11:10 / 04.11.2024
CNN: AQSh saylovlari Putinni Kiyev bilan muloqotga undamaydi
09:30 / 04.11.2024
Kamala Harris AQSh prezidentlik saylovlarida ovoz berdi
16:42 / 03.11.2024