Sport | 20:53 / 03.02.2019
10405
1 daqiqa o‘qiladi

Messi Ispaniya kubogi doirasida «Real»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin

Foto: Jeroen Meuwsen/Soccrates/Getty Images

«Barselona» hujumchisi Lionel Messining “Valensiya”ga (2:2) qarshi bellashuvda olgan jarohati jiddiy emas, u tez kunlarda bo‘lib o‘tadigan «el klasiko»da maydonga tushishi mumkin, deb xabar bermoqda AS.

«Barselona» Ispaniya kubogi yarim finalida Madridning «Real» klubi bilan bahslashadi. Birinchi uchrashuv 6 fevral kuni kataloniyaliklar maydonida bo‘lib o‘tadi.

Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida Lionel 20 uchrashuvda 21 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.  

Mavzuga oid