Avvalroq, futbolçilar ijtimoiy tarmoqlarida Louis Vuitton brendining reklama kampaniyasi aks etgan suratini joylaştirişgan edi. Unda superyulduzlar jomadon ustida şaxmat öynab ötirgani aks etgan.
Ronaldu va Messi tomonidan ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida bir vaqtda joylaştirgan surat juda uyğun körindi. Ammo keyinçalik ma’lum bölişiça — montaj mahsuli.
Reklamani suratga oliş jarayoni videosini tomoşa qilgaç aynan şunday xulosaga keliş mumkin. Unda futbolçilar bir-biridan alohida tarzda suratga tuşişgan.
Ommaviy axborot vositalarida «futbol tarixidagi eng zör futbol surati» deb atalgan fotoni bir neça soatlar içida 20 milliondan ortiq odam tomoşa qilgan edi.
Kriştianu Ronaldu va Lionel Messi mos ravişda Portugaliya va Argentina milliy jamoasi tarkibida Qatardagi jahon çempionati iştirokçisi sanaladi.

















