Jahon | 19:34 / 03.02.2019
7773
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Maduro bilan uchrashishni rad etganini aytdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida Venesuela rahbari Nikolas Maduro Tramp bilan uchrashishni so‘raganini, ammo u bu uchrashuvni rad etganini aytdi.

«U uchrashishni so‘radi, lekin men rad etdim, chunki biz bu jarayonda ancha ichkariga kirib ketdik. U yerda yosh va serg‘ayrat erkak bor (milliy assambleya rahbari Xuan Guaydo — tahr.), o‘sha guruhda boshqalar ham bor... agarda demokratiya haqida gapirsangiz, demokratiya ishga tushdi», — dedi Tramp.

Shuningdek, Tramp Venesuelaga AQSh qo‘shinlari yuborilishi mumkinligini ham istisno etmadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid