Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi muddati aniq bo‘ldi
Foto: live.dbe1.com
Professional boksning o‘ta og‘ir vazn (+90,7 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov (4-0, 4 KO) AQShda o‘zining beshinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda Gosport xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Jalolov joriy yil 15 mart kuni Kaliforniya shtatining Tyustin shahridagi Markoni avtomobillar muzeyi saroyida bo‘lib o‘tadigan boks kechasida ishtirok etadi. Hozircha uning raqibi kim bo‘lishi ma'lum emas. Tez orada bo‘lajak raqib borasida ma'lumot beriladi.
Ma'lumot uchun, Bahodir Jalolov 2018 yildan buyon professional boksda faoliyatini boshlagan. «Mir boksa» promouterlik kompaniyasi bilan shartnomaga ega sportchi so‘nggi marta 2018 yilning 8 dekabr kuni Markus Valentinga qarshi ringga chiqib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Mavzuga oid
20:13 / 29.12.2025
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada jiddiy avtohalokatga uchradi
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘smatov ikki karra jahon chempioniga aylandi
19:34 / 28.11.2025