Professional boksning öta oğir vazn (+90,7 kg) toifasida ringga çiqayotgan özbekistonlik Bahodir Jalolov (4-0, 4 KO) AQŞda özining beşinçi jangini ötkazadi. Bu haqda Gosport xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga köra, Jalolov joriy yil 15 mart kuni Kaliforniya ştatining Tyustin şahridagi Markoni avtomobillar muzeyi saroyida bölib ötadigan boks keçasida iştirok etadi. Hozirça uning raqibi kim bölişi ma'lum emas. Tez orada bölajak raqib borasida ma'lumot beriladi.
Ma'lumot uçun, Bahodir Jalolov 2018 yildan buyon professional boksda faoliyatini boşlagan. «Mir boksa» promouterlik kompaniyasi bilan şartnomaga ega sportçi sönggi marta 2018 yilning 8 dekabr kuni Markus Valentinga qarşi ringga çiqib, raqibini birinçi raunddayoq nokautga uçratgandi.












