Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Makron haqidagi xabarlarni rad etdi
Germaniya kansleri Angela Merkel ma'lum qilishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Myunxen Xavfsizlik bo‘yicha konferensiyasiga tashrifi bekor qilinishiga qaramay, Fransiya va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar do‘stona hamda barqaror bo‘lib qoladi. Bu haqda Handelsblatt xabar bermoqda.
«Kanslerda Fransiya prezidenti bilan birgalikda ishtirok etish uchun hali imkoniyatlar bo‘ladi», - deya ma'lum qildi hukumat spikeri Shteffen Zaybert. Uning qo‘shimcha qilishicha, nemis tomoni Makron Myunxenga safarini bekor qilish qaroriga kelgani haqida oldindan bilgan, ammo bunday qarorning sabablarini izohlamagan.
«Interfaks» agentligi xabariga ko‘ra, Merkelning o‘zi Makron bilan «hali ko‘p uchrashuvlar bo‘lishi, ular asosida Axen shartnomasi ruhi tirik ekaniga ishonch hosil qilish imkoniyati taqdim etilishi» haqida jurnalistlarga ma'lumot bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya bilan “Shimoliy oqim-2” loyihasini amalga oshirish masalasi bo‘yicha ziddiyat Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumaniga tashrif buyurishdan bosh tortishiga ta'sir qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:17 / 11.06.2026
Makron: Zelenskiy G7 sammitida ishtirok etadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
00:18 / 18.11.2022