Germaniya bilan “Şimoliy oqim-2” loyihasini amalga oşiriş masalasi böyiça ziddiyat Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning xavfsizlik böyiça Myunxen anjumaniga taşrif buyurişdan boş tortişiga ta'sir qildi.
Suddeutsche Zeitung naşrining ma'lum qilişiça, Makronni ziddiyat ortida Merkel bilan bir minbardan nutq sözlaşi istiqboli şaştini söndirgan.
Makronning işonçli vakili Xenrix Enderlyayn bu qadamni Germaniya uçun “ramziy signal”ligi va ikki davlat örtasidagi “uzoqlaşiş”ning alomati ekanligini aytgan.
Makronning anjumanga borişni rad etişining rasmiy sababi sifatida Fransiya rahbarining anjuman ötkaziladigan 15-17 fevral kunlari jadvalidagi murakkabliklar aytilgan. Uning Merkel bilan birgalikdagi çiqişi 16 fevralda bölib ötişi kerak edi.
Avvalroq Fransiya Yevropa Ittifoqining “Şimoliy oqim-2”ni amalga oşirişga taalluqli gaz direktivasining qayta körib çiqilişini qöllab-quvvatlaş istagini bildirgan. Berlin esa direktivaning özgartirilişiga qat'iy qarşi çiqmoqda.












