Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina MDHning iqtisodiy komissiya to‘g‘risidagi kelishuvidan chiqdi
Foto: Valentyn Ogirenko/Reuters
Ukraina hukumati bir tomonlama ravishda MDHning Davlat rahbarlari kengashi va Hukumat rahbarlari kengashi huzurida maslahatlashuv iqtisodiy ishchi komissiyasini tuzish to‘g‘risidagi kelishuvini bekor qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bu holat vazirlar mahkamasining 13 fevral, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida yuz bergan.
Agentlikdan aniqlik kiritishlaricha, ushbu hujjat 1992 yil 9 oktyabrda Bishkek shahrida imzolangan. Ukraina, Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston va O‘zbekiston kelishuv ishtirokchilariga aylangan.
Qayd etilishicha, hujjat davlatlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, boshqaruvning muayyan sohalarida ko‘p tomonlama qarorlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina yetakchisi Pyotr Poroshenko rossiyalik kuzatuvchilarni saylovlarga kiritmaslikka qaror qilgandi.
Mavzuga oid
20:11
Putin yana ikki yil urushishni rejalashtirmoqda – NYT
18:17
Zalujniy Ukraina prezidentini qarshi hujum barbod bo‘lishida aybladi
14:08
«Odamlar buni hech qachon kechirmaydi. Hech qachon». Zelenskiy Donbassni Rossiyaga berish taklifi haqida
13:00