Jahon | 23:09 / 14.02.2019
22241
2 daqiqa o‘qiladi

Okean tubida falokatli o‘zgarishlarga olib keladigan “biomuhit bombasi” topildi

Foto: Shutterstock

Janubiy Kaliforniya universiteti olimlari okean tubida“biomuhit bombasi”ni aniqlashdi. Kelgusida u sayyoramizda muqarrar falokatli o‘zgarishlarga olib keladi. Bu haqda Phys.org portali xabar berdi

Yerning biomuhitida falokatli o‘zgarishlar boshlanishi uchun dunyo okeanidagi suv harorati 2 darajaga o‘zgarishi yetarli bo‘ladi. Olimlar okeanlar tubida sirtga ko‘tarilib, sayyoramiz atmosferasining keskin qizishiga olib keladigan gazlar to‘planayotganini aniqlashdi. 

Gaz geotermal chashmalardan chiqib, okean tubida yig‘ilmoqda. Hozircha bu gaz rezervuarlari barqaror, biroq suv haroratining qizishi ularning beqarorlashuviga olib keladi. Okean atmosferadagi ortiqcha issiqni yutmoqda, issiqxona gazlarining atrof-muhitga chiqishi ko‘paymoqda. 2100 yilga kelib okean taxminan 3 darajaga isiydi.

Olimlarning fikricha, gazlarning sirtga otilishi muqarrar. Bu qachon yuz berishini oldindan aytish qiyin. Biroq olimlarning ta'kidlashicha, bunday holat sayyoramizda kamida 2 marta yuz bergan. Birinchi marta 55 mln yil oldin bunday gaz otilishi Yerning 8 darajaga qizib ketishiga olib kelgan. 17 ming yil avval esa bu jarayon atmosferani qizitib, muz davrining yakunlanishiga sabab bo‘lgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid