Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shohjahon Ergashev IBF chempionlik kamari uchun jang qiladi
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashev (15-0, 14 KO) 15 fevral kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Shu kuni Shohjahonga amerikalik yengilmas bokschi Maykal Foks (19-0, 5KO) raqiblik qiladi. Jang AQShning Kanzas shtatining Mulveyn shahridagi «Kanzas Star» arenasida o‘tkaziladi.
GoSport.uz internet-nashri manbalari bergan xabarga ko‘ra, mazkur bellashuv super yengil vazn toifasining IBF International chempionlik kamari uchun kechadi. Jang 10 raundga mo‘ljallangan.
Shohjahon Ergashev IBF yo‘nalishining yanvar oyi uchun yangilangan reytingida bir pog‘ona ko‘tarilib, 11-o‘ringa joylashgan. Foks esa nufuzli yo‘nalishlar reytingida qayd qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Shohjahon Ergashevdan WBA International kamari olib qo‘yilgan haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026