Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga çiqayotgan Şohjahon Ergaşevning (15-0-0,14 KO) WBA International kamari olib qöyildi. Bu haqda Go Sport naşri xabar bermoqda.
Ayni vaqtda WBA çempionlik kamarlari röyxatida Şohjahon Ergaşevning ismi çiqarib taşlangan.
Şohjahon Ergaşev 2018 yilning 28 aprel kuni xitoylik Jimin Vangga qarşi jangda oçkolar böyiça ğalaba qozonib, mazkur çempionlik kamarini qölga kiritgandi.
Şundan söng u 3 marta ringga kötarilgan bölsada, kamar himoyasi uçun jang qilmadi.
Professional boks yönalişlari qoidalariga köra, odatda çempionlik kamarini 3 oyda bir himoya qiliş mumkin. Agar 6 oygaça bölgan muddatda kamar himoya qilinmasa, bu örin vakant sifatida qayd etilişi va yangi jang belgilanişi mumkin böladi.
Eslatib ötamiz, ayni vaqtda Şohjahon Ergaşev WBA reytingida 5, IBF reytingida esa 12-örinda bormoqda.













