Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Lukashenko bilan xokkey o‘ynashi mumkin
Foto: REUTERS
Rossiya prezidenti Vladimira Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yetakchisi va Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko Sochidagi «Sirius» markazida bo‘lib o‘tadigan muzokaralardan so‘ng birgalikda xokkey o‘ynashi mumkin.
«Yetakchilarning muloqoti bugun u yoki bu shaklda davom ettiriladi. Ular kunning ikkinchi yarmida xokkey o‘ynash haqida qaror qabul qilishi mumkinligini ham istisno etmaymiz», - dedi Peskov.
Lukashenko va Putin undan avval «Sirius» ta'lim markaziga tashrif buyurib, u yerda har ikki davlatning madaniyat, ta'lim hamda sport vazirlari hisobotlarini tinglashadi, shuningdek, yangi loyihalar bilan tanishishadi.
«Bu yangi, qiziqarli shakl bo‘lib, har ikki davlat o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini chuqurlashtirishga naqadar katta ahamiyat berayotganligini ta'kidlaydi», - deya Peskovning so‘zlarini keltiradi TASS.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin va Lukashenkoning chang‘i uchishi tasvirlangan video paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid
09:00
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
21:48 / 12.05.2026
Lukashenko armiyani urushga tayyorlash uchun qo‘shinlarning «maqsadli safarbarligi»ni e’lon qildi
09:06 / 02.04.2026