Rossiya prezidenti Vladimira Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov sözlariga köra, Rossiya yetakçisi va Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko Soçidagi «Sirius» markazida bölib ötadigan muzokaralardan söng birgalikda xokkey öynaşi mumkin.
«Yetakçilarning muloqoti bugun u yoki bu şaklda davom ettiriladi. Ular kunning ikkinçi yarmida xokkey öynaş haqida qaror qabul qilişi mumkinligini ham istisno etmaymiz», - dedi Peskov.
Lukaşenko va Putin undan avval «Sirius» ta'lim markaziga taşrif buyurib, u yerda har ikki davlatning madaniyat, ta'lim hamda sport vazirlari hisobotlarini tinglaşadi, şuningdek, yangi loyihalar bilan tanişişadi.
«Bu yangi, qiziqarli şakl bölib, har ikki davlat özaro manfaatli şeriklik aloqalarini çuqurlaştirişga naqadar katta ahamiyat berayotganligini ta'kidlaydi», - deya Peskovning sözlarini keltiradi TASS.
Eslatib ötamiz, avvalroq Putin va Lukaşenkoning çanği uçişi tasvirlangan video paydo bölgandi.












