Ramzon Qodirov o‘z vakolatlarini hukumat rahbariga topshirgani sababini tushuntirdi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov shamollab qolganini va 16 fevraldan yana ishga qaytganini ma'lum qildi.
Avvalroq Qodirov 11 fevraldan o‘z vakolatlarini Checheniston hukumati rahbari Muslim Xuchiyevga vaqtinchalik topshirgani haqida xabar paydo bo‘lgandi. Tegishli farmoyish nusxasi internetda joylashtirilgan.
“Yaqinda tog‘larga nazorat safarini amalga oshirgandim. Qor va kuchli shamol sharoitida biroz shamollab qoldim. Oqibatda harorat, gripp va biroz betob bo‘ldim”, deb yozgan Qodirov Telegram’dagi kanalida.
Qodirovning aytishicha, u Chechenistonni taqdim qilishi kerak bo‘lgan muhim safarlari rejalashtirilgan bo‘lgan. Shundan kelib chiqib, u Xuchiyevga vaqtinchalik rahbar vakolatini topshirgan, biroq 16 fevraldan o‘z vazifalarini yana to‘liq bajarishga qaytgan.
“Allohga shukrlar bo‘lsin, organizmim mustahkam, bor-yo‘g‘i ikki kun tomchilatib dori yuborishdi. Hozir hammasi joyida”, deb qo‘shimcha qilgan Qodirov.
Mavzuga oid
21:22 / 19.09.2024
Checheniston sobiq bosh vaziri maktablarda Darvin nazariyasini taqiqlashni talab qildi
16:54 / 02.09.2024
«Siz va bolalaringiz mamlakatga nega keraksizlar?» - Apti Alaudinov qanday qilib Kreml ovoziga aylandi
22:15 / 28.08.2024
Ramzan Qodirovning qizlari 2017 yilda Fransiyaga boshqa familiya ostida uchgani ma’lum bo‘ldi
20:36 / 17.08.2024