Sport | 21:25 / 21.02.2019
11353
1 daqiqa o‘qiladi
Klopp yirik miqdorda jarimaga tortildi
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) «Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Kloppni 45 ming funt miqdoridagi jarimaga tortdi.
Germaniyalik mutaxassis APL 25-turidan o‘rin olgan «Vest Hem»ga (1:1) qarshi o‘yindan keyingi so‘zlari uchun jazolandi.
Klopp bellashuvni boshqargan hakam Kevin Frend haqida gapirib: «Biz ofsayddan keyin gol urdik. Hakam buni tanaffusda bilib qolgan. Uning 2-bo‘limdagi g‘alati qarorlarini shu bilan izohlash mumkin. Bular qo‘pol xato bo‘lmasa-da, o‘yin tezligini pasaytirib yubordi», - degan edi.
FA qaroriga ko‘ra, Klopp hakamning halolligiga shubha bildiradigan izohlarni bergani uchun jazolangan.
Mavzuga oid
13:10 / 21.05.2024
«Vest Bromvich mo‘jizasi». Yurgen Klopp faoliyatiga nazar
09:43 / 28.04.2024
Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish
11:50 / 26.02.2024
«Liverpul» «Chelsi» va VAR’ni yengdi, Klopp «Enfild»dagi so‘nggi mavsumida sovrin yutdi
16:03 / 26.01.2024