Jamiyat | 09:49 / 23.02.2019
6718
2 daqiqa o‘qiladi

Mahalla raislari saylovini takomillashtirish taklifi berildi

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislarini saylashni takomillashtirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

“Mahallani boshqarishda raislarning roli katta. Mahalla raislarini saylash uchun birinchi navbatda nomzodning ruhiy sog‘lomligini tekshirish, oilaviy ahvolini to‘liq o‘rganib chiqish hamda yosh senzini 65 yosh etib belgilash kerak. Chunki aholini boshqarish uchun shaxs jismonan hamda ma'nan sog‘lom bo‘lishi, o‘z oilasining tinchligi, osoyishtaligini ta'minlay olgan bo‘lishi kerak. Yuqoridagi talablarga javob beradigan nomzod mahalladagilarni ham o‘z ortidan yetaklay oladi”, - deyiladi petitsiyada.

“Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi Qonuniga tegishli o‘zgartishlar kiritishni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hukumat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha qaror qabul qilishi xabar berilgandi.

Hujjat bilan fuqarolar yig‘inlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan va xayriya ehsonlari shaklidagi mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanishi mumkin.

Mavzuga oid