Toshkentda drenaj tizimini takomillashtirish taklif etilyapti
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Toshkent shahrida drenaj tizimini takomillashtirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahar drenaj tizimi bugungi kun talablariga javob bermaydi. Xususan, ariqlar faqat katta yo‘llarning yoqalarida saqlanib qolgan bo‘lib, mahallalar ichidagi ariqlar buzib tashlangan.
“Natijada daraxtlarni sug‘orish yoki kundalik tozalash ishlari uchun ichimlik suvidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, yomg‘ir yog‘sa ichki yo‘llardan umuman yurib bo‘lmaydi”, - deyiladi petitsiyada.
“Shu sababli Toshkent shahridagi drenaj tizimini talab darajasida ta’mirlash va rivojlantirish kerak”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ko‘chalarda suv toshishi bilan bog‘liq holatlarga qarshi choralar ko‘rish boshlangani xabar berilgandi.
"Yog‘ingarchilik mavsumida Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida suv toshishi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarni bartaraf etish maqsadida, irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan", - deyiladi hokimlik xabarida.
Mavzuga oid
18:40
Toshkentda ikki hafta mobaynida qariyb 30 kg giyohvand vositalar va psixotrop moddalar ushlandi
14:30 / 05.10.2024
Toshkentning ikki tumanida giyohvandlik moddasi saqlab kelganlar ushlandi
00:09 / 01.10.2024
Agrar universitetdagi yong‘in o‘chirildi
09:30 / 30.09.2024